1 may kuni Markaziy saylov komissiyasining onlayn tarzdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati va komissiya a’zolari ishtirok etdi.
Onlayn tarzda olib borilgan yig‘ilishda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘.Barnoyevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi O‘ktam Isoyevich Barnoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi PF-5949-son Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlanganligi munosabati bilan hamda o‘zining bergan yozma arizasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi