Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 8 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra. tuzalganlarning 2 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, 7 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Toshkent viloyatidan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 393 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 401 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1263 nafarni tashkil etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi