
«Axborot 24»da Sardoba voqeasiga doir lavhani ko‘rdim. Jonajon "Axborot"imiz hamon qadimdagiday suvash va yamash ishlari bilan mashg‘ul... Bir tomonni suv olib ketsayam bular og‘ir-bosiq, go‘yo hech nima bo‘lmaganday tutishadi o‘zini...
Qancha kuba suv toshdi, qancha aholi ziyon ko‘rdi, qancha maydon suv ostida qoldi, talofatning dastlabki hisob kitobi qancha? Mutaxassislar nima deyapti?
Jurnalistika aslida shunday bo‘lishi kerak emasmi? Bular esa shu savollarga javob berish o‘rniga, muftiy bilan yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbarining qayoqdagi bekorchi gaplardan iborat intervyusini berdi.
Ammo, falsafa suqishda ustasi farang bo‘lib ketyapmiz. Xavotir qilmang, yengib o‘tamiz, birgalikda biz kuchmiz, xalqni rozi qilish pirovard maqsadimiz...
Nega hech kim bu fojialarni asl omili haqida lom-mim demaydi? Bir guruh insonlar poraxo‘rligi va kazzobligi sabab emasmikin?
Metrodagi fojiaga kim aybdor edi, necha yuz kishi noqonuniy (majburan) ishlayotgandi? Sal shamolga tomi uchgan uylarni kim qurgan va nega javob bermaydi? Suv omborini kim qurgandi, qaysi tashkilot? Endi kim ta’mirlaydi? Bunaqa oddiy savollarga javob yuq...
Manba: platforma.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar