3 274
«Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘z xulosasini beradi» – Prezident Sardoba voqeasi chuqur tahlil qilinishini aytdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 may kuni Sirdaryoda suv toshqinidan keyin uyiga qaytgan odamlar bilan muloqotda bo‘ldi.
«O‘zbekiston» telekanalida namoyish etilgan lavhada davlat rahbari voqea batafsil tahlil etilishini aytganini ko‘rish mumkin.
«Bir necha kundan beri hammamiz bezovtalikka tushib qoldik. Boshimizga katta kulfat keldi. Albatta, buni hali ko‘p-ko‘p tahlil qilamiz, muhofaza qiluvchi organlar o‘z gaplarini aytadi, hamma chora-tadbirlarimizni qilamiz», – deydi Shavkat Mirziyoyev.
1 may tongida «Sardoba» suv omborida ro‘y bergan avariya yuzasidan jinoyat ishi ochilgani haqida 3 may kuni ma’lum qilindi. Jinoiy ish yuzasidan tergov o‘tkazish DXX organlariga yuklatilgan.
Hodisa oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralarni uch kundan buyon bevosita voqea joyidan nazorat qilayotgan davlat rahbari aholiga tez orada zarur sharoitlar yaratilishini ta’kidlagan.
«To yashash sharoitlaringni to‘g‘rilamagunimizcha, sizlarni tashlab ketmaymiz. Svet, gaz masalalari, uylaring, ko‘chalar – hammasini inobatga olamiz. Kayfiyatlaringni tushirmanglar. Endi, ko‘rgilik. Tashvish o‘z yo‘liga, endi aql bilan, juda tezkorlik bilan buni tozalab olishimiz kerak.
2-3 kundan beri shu yerdaman. Bir narsani bilinglarki, to o‘zim sizlarning xonadonlaringni tiklab, ko‘plaringni yangi uyga ko‘chirmagunimizcha men tinchimayman.
Og‘ir kunimizda ham, xudo xohlasa to‘ylarimizda ham birga bo‘lamiz. Bir yomonlikning bir yaxshiligi ham bor. Yaxshi tomoni – yangi shahar, yangi tuman, yangi ko‘cha, yangi mahalla, yangi obod qishloq quramiz», – degan Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi