
Foto: Prezident matbuot xizmati
Sardobadagi falokat bo‘yicha barcha aybdorlar, kim bo‘lishi va egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, qonun oldida javob beradi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
«Xalqimiz bir narsadan ko‘ngli to‘q bo‘lishi kerak, hech qanday ortiqcha gap-so‘zlarga va mish-mishlarga o‘rin bo‘lmasligi lozim.
Mening topshirig‘imga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan suv toshqini bilan bog‘liq voqea yuzasidan ob’ektiv, xolis va keng qamrovli tergov harakatlari boshlangan.
Xalqimizni ishontirib aytaman — tergov yakunlari bo‘yicha barcha aybdorlar, kim bo‘lishi va egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, qonun oldida javob beradi», — dedi Prezident.
Sardoba FalokatiPrezident MirziyoyevHuquqni MuhofazaTergov HarakatlariVideoselektor Yig‘ilishiXalqimizni Ishontirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar