15:05 / 06.05.2020
3 050

«Sifatsiz qurilishlarga mas’ul rahbarlarning iste’foga chiqarilishi shu kunlarda juda o‘rinli bo‘lar edi»

Sardoba suv omborining buzilgan to‘g‘oni o‘rnidan chiqib kelayotgan baland to‘lqinlar, 2020 yil 1 may.
Kadr: Telegram

«Sirdaryo va Buxoro viloyatlaridagi fojeadan juda ko‘p xulosa hamda saboqlarni chiqarishimiz kerak bo‘ladi», deb yozadi bloger @davletovuz.

Birinchidan, korrupsiyaga qarshi qog‘ozda yo gapda emas, amalda kurashadigan vaqt keldi. Yo‘qsa, har bir kechikilgan kunning badali og‘ir bo‘ladi. 2017 yildan kuchga kirgan deklarativ qonun ham, har ikki yilda yangilanayotgan korrupsiyaga oid davlat dasturlari ham, idoralararo komissiya ham, parlamentdagi shunchaki nomiga «korrupsiya» so‘zi qo‘shilgan qo‘mitalar ham jo‘yali natija bermadi.

Kurash odatda mayda poraxo‘rlar, ayniqsa, pora berganlarga qarshi tanlov asosidagi kampaniya bo‘lib qolayapti. Jinoyat kodeksidagi korrupsiya uchun javobgarlik o‘sha-o‘sha holicha qolayapti. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilda respublika sudlari tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan 191 shaxsga nisbatan 145 ta ish, 211-moddasi (pora berish) bilan esa 1179 shaxsga nisbatan 995 ta ish ko‘rilgan. Nisbatni qarang. Manfaatlar to‘qnashuvi, tender, davlat xaridlari to‘liq shaffoflashtirilishi kerak.

27 aprelda sodir bo‘lgan kuchli shamol natijasida tomlari zarar ko‘rgan Buxorodagi namunali uylar.
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ikkinchidan, qurilish sohasidagi bum, avvalo, sohada korrupsiya uchun uya, noqonuniy yo‘llar bilan topilgan pullarni o‘zlashtirish, legallashtirish yo‘li, «bir kunlik» kompaniyalar ommalashgan soha, davlat buyurtmalari esa och shoqollarga tayyor oxo‘r bo‘lib qoldi. Bu isbot talab qilinmaydigan haqiqat. Davlat qurilish sohasidagi reglamentlarni to‘liq qayta ko‘rib chiqishi, korrupsion faktorlarni mumkin qadar istisno qilishi, davlat va kvazi-davlat buyurtmalari to‘liq shaffoflashtirilishi, bitta mix sotib olinsa, uni oddiy odamlar ko‘ra olishi kerak.

Sardoba suv omboridagi avariyadan so‘ng suv toshqini ichida qolgan namunaviy uylar, 2020 yil 1 may.
Foto: Telegram / @Gulistonliklar_uz

Uchinchidan, Sirdaryodagi fojea va Buxorodagi tabiiy ofat oqibatlari uchun siyosiy javobgarlik bo‘lishi kerak. Albatta, tergov barcha aybdorlarni javobgarlikka tortadi. Lekin Sardobada ham, Buxoroda ham ko‘zbo‘yamachilik qilgan, gidrotexnika inshooti va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari qurilishi uchun bevosita mas’ul bo‘lgan rahbarlar iste’foga chiqarilishi shu kunlarda juda o‘rinli bo‘lar edi. Chunki ular hech kimga, hech bir saylovchiga hisobdor emas. Agar demokratik jamiyat bo‘lganda, ular allaqachon jamoatchilik bosimi ostida tavbasiga tayantirilar edi. Bu boshqa amaldorlarga o‘rnak bo‘lishi, kelajakda xatolarni takrorlamaslik, xalq va Prezidentga yolg‘on gapirish og‘ir oqibatlarga olib kelishini tushunishi uchun ham qilinishi kerak.

Qurilish vaziri Botir Zokirov, «O‘zbekgidroenergo» raisi Abdug‘ani Sanginov va Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 2 mayda to‘g‘on o‘pirilgan joyda.
Foto: prezident matbuot xizmati

To‘rtinchidan, bizga haqiqiy parlament, chinakam, ijro organining barcha bo‘g‘inini hisobdor qila oladigan deputatlar kerak. Bu endi o‘lmas mavzu va orzu.

«Bularning barchasi, albatta, shunchaki IMHO», — deb @davletovuz o‘z munosabatini odatdagidek yakunlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Sifatsiz qurilishlarga mas’ul rahbarlarning iste’foga chiqarilishi shu kunlarda juda o‘rinli bo‘lar edi»