2 916
Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosari Sardobadagi falokatni o‘rganish uchun Sirdaryoga keldi
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
6 may kuni Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi delegatsiya Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi va keyinchalik Qozog‘iston hududini suv bosishi holatini o‘rganish hamda vaziyat yuzasidan O‘zbekiston bilan umumiy harakatlar algoritmini ishlab chiqish maqsadida Sirdaryoga tashrif buyurdi. Bu haqda Sirdaryo hokimiyatining matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiyani O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov va viloyat hokimi G‘ofur Mirzayev kutib olgan.
Delegatsiya vertolyot aviatsiyasi yordamida Sirdaryo suv ombori atrofi hududlarini ko‘zdan kechirgan.
Shuningdek, Qozog‘istondagi Turkiston viloyati va O‘zbekiston Sirdaryo viloyati o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik, hamkorlik, ko‘mak masalalari hamda ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv omboridagi suv toshqini oqibatida Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumani hududida texnogen xususiyatga ega favqulodda holat e’lon qilingandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, toshqin natijasida viloyat hududida 30 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Mazkur favqulodda holatni muhokama qilish uchun Qozog‘iston rasmiylari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda