17:53 / 08.05.2020
3 821

AQSH Sardoba suv ombori falokatidan jabrlangan oilalarga 100 ming dollar ajratadi

AQSH Sardoba suv ombori falokatidan jabrlangan oilalarga 100 ming dollar ajratadi
AQSH hukumati, Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) qoshidagi Tabiiy ofatlarda yordam ko‘rsatish boshqarmasi orqali, Sardoba suv ombori o‘pirilishi natijasida zarar ko‘rgan oilalarga yordam berish uchun 100 000 dollar ajratdi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar bermoqda.

Sirdaryo viloyati aholisiga chin dildan hamdardlik bildiraman. O‘zbekiston hukumati va fuqarolari ushbu falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun tezda safarbar etildi”, - dedi AQSH elchisi Daniyel Rozenblyum. “AQSH hukumati bu ofatdan zarar ko‘rgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanadi”.

AQSH hukumati bu mablag‘dan foydalanib suv ombori o‘pirilishi natijasida o‘z uylaridan ko‘chirilgan muhtoj oilalarga oziq-ovqat va boshqa zarur vositalarni tarqatish orqali O‘zbekistonga mazkur inqirozdan qutulish va qayta tiklanishda yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH Sardoba suv ombori falokatidan jabrlangan oilalarga 100 ming dollar ajratadi