
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Joriy yilning 8 may kuni soat 09:00larda, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” M-39 avtomobil yo‘lining 1029-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabarigako‘ra, haydovchi, 1989 y.t. D.M. “Kobalt” rusumli transport vositasini “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha Samarqand tomon boshqarib ketayotib, charchoq sababli rulda uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.
Natijada, haydovchi, 31 yoshli D.M. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli haydovchilar, charchoq holatida transport vositasini boshqarmasligingizni, o‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasligingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma’lumotda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar