date
views 2 891

99 yoshli otaxonning urush qatnashchisi ekanligi 30 yildan beri tan olinmagandi

99 yoshli otaxonning urush qatnashchisi ekanligi 30 yildan beri tan olinmagandi
Biloliddin bobo Asqarov
Foto: Mufazzalsho Muhammadiyev

Andijon viloyatida 99 yoshli Biloliddin bobo Asqarovning urush qatnashchisi ekanligi shu kungacha tan olinmagandi. Bobo nabiralarining so‘roviga javoban Rossiya prezidentidan kelgan hujjatlarda otaxon 1941—1942 yillarda urushda bo‘lganligi tasdiqlandi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi.

Otaxonning nabirasi Mufazzalsho Muhammadiyevning aytishicha, bobosining urushda qatnashganini isbotlash maqsadida ular 30 yil harakat qilgan. Biroq shu kunga qadar hech qanday natija bo‘lmagan.

9 may kuni Mufazzalsho Muhammadiyevga Rossiyadan Telegram orqali kelgan xabarda bobosining urushda qatnashganini isbotlovchi hujjatlar topilganligi ma’lum qilingan.

Foto: Mufazzalsho Muhammadiyev

«30 yildan buyon bobomning urushda qatnashganini isbotlashga harakat qilardik. Bir necha marotaba shahar hokimligi va viloyat mudofaa boshqarmasiga ham murojaat qildik. Ammo natija bo‘lmagach, 2016 yilda chiqmagan jondan umid deb, Rossiya Federatsiyasi prezidenti nomiga yordam so‘rab xat yuborgandik. Oradan to‘rt yil o‘tib, bugun — 9 may kuni elektron pochta orqali xatga javob keldi. Xatda bobomning 1941—1942 yillarda urushda qatnashganini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan. Hujjatlarni topishda Moskvadagi hamkasblarim yordam berishdi. Barchasidan minnatdorman», — deydi Mufazzalsho Muhammadiyev.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu ma’lumotlar Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirining 2007 yil 8 maydagi buyrug‘iga asosan barcha arxiv hujjatlari oshkor qilingandan so‘ng e’lon qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 99 yoshli otaxonning urush qatnashchisi ekanligi 30 yildan beri tan olinmagandi