
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 38 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 10 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2387 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
So‘nggi haftalarda yangi zararlanish holatlari soni tuzalganlar sonidan kam bo‘lmoqda. 9 may kuni jami 24ta yangi holat qayd etilib, 71 nafar bemor tuzalgandi.
Shu vaqtgacha mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1846 nafarni tashkil etmoqda, ayni vaqtda shifoxonalarda 531 bemor davolanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar