16:17 / 10.05.2020
2 464

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2400dan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2400dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 24 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 10 may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2411 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

So‘nggi haftalarda yangi zararlanish holatlari soni tuzalganlar sonidan kam bo‘lmoqda. 9 may kuni jami 24ta yangi holat qayd etilib, 71 nafar bemor tuzalgandi. Bugun jami 62ta yangi holat aniqlanib, 10 bemor tuzaldi.

Shu vaqtgacha mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1856 nafarni tashkil etmoqda, ayni vaqtda shifoxonalarda 545 bemor davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2400dan oshdi