17:53 / 10.05.2020
2 065

Qamashilik haydovchi tumanda benzin narxi tushmaganidan shikoyat qildi

Qamashilik haydovchi tumanda benzin narxi tushmaganidan shikoyat qildi
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida Ai-80 benzini 4500 so‘mdan sotilmoqda, deya haydovchi Akmal Nodirov shikoyat qilgan.

«Ko‘p joylarda Ai-80 benzini 4000 so‘m. Lekin Qamashi tumanida eski narx — 4500 so‘mdan sotilmoqda», — deb «Langar asl invest» MCHJga qarashli yonilg‘i quyish shoxobchasidan olgan xarid chekini taqdim qilgan.

Foto: Akmal Nodirov
"Ikki-uch kun ilgari ham shu ‘zapravka’ga kirganimda 4500 so‘mdan sotishayotganini ko‘rib, e’tiroz bildirgandim. ‘Bizda hali eski narxda sotilyapti. Bizgacha yangi narx kelmagan deyishgandi", — deydi narxdan norozi haydovchi.

Masalaga oydinlik kiritish maqsadida tumandagi «zapravka» rahbarlaridan biri bilan suhbatlashdik.
«Biz ham 4500 so‘mdan sotyapmiz, boisi ayni kunda sotilayotgan Ai-80 benzinini 27 aprel kuni eski narxda olib kelganmiz. 200 litr qolgan. Zarar qilmaslik uchun oldingi narxda sotishga majburmiz», — deydi shaxsi sir qolishini so‘ragan yonilg‘i quyish shoxobchasi rahbarlaridan biri.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekneftgaz» joriy yil 29 apreldan boshlab Ai-92 markadagi benzin narxini 500 so‘mga arzonlatib, 5500 so‘m qilib belgilanishini xabar qildi. 3 maydan boshlab esa Ai-80 benzini ham 500 so‘mga pasayib, 4000 so‘mdan sotish yo‘lga qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamashilik haydovchi tumanda benzin narxi tushmaganidan shikoyat qildi