3 831
Qurilishga ajratilgan 75 mlrd so‘m budjet mablag‘i talon-toroj qilingan – Bosh prokuror
Ayni damda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisida Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev respublikadagi turli tizimlarda kuzatilgan talon-taroj holatlari bo‘yicha axborot berdi.
Unga ko‘ra, qurilishga ajratilgan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 75 mlrd so‘m talon-taroj qilinganligi aniqlangan. Natijada 300 nafar aybdor shaxs jazoga tortilgan.
“Investitsiya dasturiga kiritilgan 1379ta qurilish loyihasi qayta ekspertizadan o‘tkazilib, 1 trln so‘m budjet mablag‘i iqtisod qilinishi ta’minlandi”, dedi Bosh prokuror.
Ma’lum qilinishicha, budjet muassasalarida homiladorlik va tug‘ish nafaqalari ajratishda ham talon-taroj qilish harakatlari aniqlangan.
“Respublikadagi 1275ta muassasada homiladorlik va tug‘ish nafaqalari uchun ajratilgan budjet mablag‘ining 3 mlrd so‘mdan ortig‘i talon-taroj qilingan. Zararni undirish va aybdorlarni jazolash bo‘yicha choralar ko‘rildi.
Shuningdek, nazorat tadbirlari davomida respublika bo‘yicha 300 nafardan ziyod voyaga yetmaganlar uchun javobgar shaxslarning yo‘qligi ma’lum bo‘ldi, ularga vasiy va hokim tayinlash bo‘yicha kerakli choralar ko‘rildi”, deya qayd etib o‘tdi Nig‘matilla Yo‘ldoshev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontda vaziyat keskin, Rossiya taktik muvaffaqiyatga erishdi”
Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi