
Ko‘chada YPX xodimlari taksi haydovchilariga faqat belgilangan vaqt ichida yurish kerakligini aytib, karantin koidalarini buzganlik uchun ma’muriy jarima qo‘llab, mashinani jarima maydochasiga qo‘ymoqda. Lekin 71 kodli 230-71-81 raqamidagi karantin bo‘yicha ishchi guruhga telefon kilinsa, u yerdagi vakillar maxsus kommissiyaning karoriga ko‘ra, 24 soat davomida bemalol taksi faoliyati bilan shug‘ullansa bo‘lishini aytmoqda.
Haydovchilar bunga ishonib, ko‘chaga chiqib ketishyapti. Ko‘chada esa YPX xodimlari ularni jarimaga tortyapti. Aytingchi, nega YPX xodimlari bilan ishchi guruh bir-biridan farqli fikr bildirmoqda? Buni qanday tushunish mumkin?
AOKA shtabiga kelib tushgan savolga IIV matbuot kotibi Shoxruh Giyasov quyidagicha javob berdi:
➖ Hurmatli fuqaro, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi 21-son bayoni qaroriga muvofiq, “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda yunalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga quyidagi talablar asosidagina ruxsat berilgan. Bunda: yo‘nalishsiz taksilar – yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi), yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanishi lozimdir.
Shuningdek, avtotransport vositalarining maxsus ruhsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina “yashil” toifadagi hududlardagina ruhsat berilgan bo‘lib, “sariq” va “qizil” toifadagi hududlarda esa avtotransport vositalari maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) faqat kunning muayyan vaqtida (07:00 dan - 10:00 gacha, 17:00 dan - 20:00 gacha) harakatlanishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan qoidalarni buzilishi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga muvofiq, ma’muriy javobgarlikka tortish hamda yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning litsenziyasini bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.
YPX XodimlariTaksi HaydovchilariKarantin QoidalariRespublika Maxsus KomissiyasiMa'muriy JarimaYunalishsiz Taksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar