Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
6 may kuni soat 18:30 da Navoiy viloyati IIB va DXX xodimlari tomonidan Navbahor tumanida yashovchi 22 yoshli S.O‘. ning arizasi asosida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida 27 yoshli F.X. 2018 yildan buyon S.O‘. bilan yaqin munosabatda bo‘lib, S.O‘. fosh etilishini xohlamagan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborishini ma’lum qilib, undan 3 000 000 so‘m pullarni talab qilib, ularni olgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida F.X. dan 3 000 000 so‘m ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Holat yuzasidan Navbahor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar Antarktida ustidagi ozon teshigining qisqarganini e’lon qildi
Isroil sobiq bosh vaziri Netanyaxuni G‘azodagi operatsiyani cho‘zishda aybladi
“Hizbulloh” Livandagi peyjer portlashlari tufayli Isroilni jazolash bilan tahdid qildi
Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQSHdagi uydan arzonroqqa tushdi
AQSHda sherif sudyani otib o‘ldirdi
O‘zbekiston bosib olingan Falastin hududidan Isroil qo‘shinlari chiqib ketishiga ovoz berdi
O‘zbekiston Rossiyaning GLONASS tizimi signalidan foydalanishi mumkin
Yevroittifoq elchisi ishga qanday transportda boradi?