09:10 / 12.05.2020
2 518

«Qanotchi»ning tajriba tariqasida ochilmagan, restoran rahbariga nisbatan chora ko‘riladi

«Qanotchi»ning tajriba tariqasida ochilmagan, restoran rahbariga nisbatan chora ko‘riladi
Foto: «Qanotchi» / Facebook
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi «Qanotchi» restoranining karantin davrida tajriba tarzida ochilgani va mijozlarga xizmat ko‘rsatgani noqonuniy ekanini xabar qildi.

«Toshkent shahar Yakkasaroy tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazining 2020 yil 9 maydagi bildirgi xatiga asosan Muqimiy va Qushbegi 1-tor ko‘chasi 21-uyda joylashgan Gourmet Restaurant MCHJning ‘Qanotchi’ restorani karantin talablariga rioya etmasdan o‘zboshimchalik bilan faoliyat yuritgani aniqlandi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasining buyurtmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Toshkent shahar vakilining 2020 yil 10 maydagi kelishuvi asosida tekshiruv amalga oshirildi.

Tekshiruv davomida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi 21-sonli yig‘ilish bayoniga zid ravishda koronavirus pandemiyasi davrida ruxsat berilmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanayotgani aniqlanib, ushbu korxonaning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Restoran rahbari Agzamov Sardorxo‘ja Erkinovichga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Yakkasaroy tumani Ma’muriy sudiga kiritilmoqda», – deyiladi inspeksiya xabarida.

Avval Toshkent shahar hokimligi «Qanotchi» restoranining tajriba tariqasida ishga tushirilgani va tegishli ma’lumotlar Respublika maxsus komissiyasiga taqdim qilingani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Qanotchi»ning tajriba tariqasida ochilmagan, restoran rahbariga nisbatan chora ko‘riladi