date
views 2 520

Urush qatnashchilari va front orti qatnashchilari xolidan xabar olindi

Urush qatnashchilari va front orti qatnashchilari xolidan xabar olindi
Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Yashnobod tumanida yashovchi urush qatnashchilari va front orti qatnashchilari bo‘lmish faxriylarimiz xolidan xabar olindi.

Yashnobod tumani, 22-Harbiy shaharchada joylashgan “Fidoiylar” MFY raisi A.Xaydarov bilan hamkorlikda mazkur hududda istiqomat qiluvchi urush qatnashchilari 1-uy, 14-xonadonda yashovchi 95 yoshli Pavel Meterikov, 18-uy, 27-xonadonda yashovchi 95 yoshli Aleksey Grachov, front orti qatnashchilari 34-uy, 12-xonadonda istiqomat qiluvchi 93 yoshli Aleksey Filatov, 39-uy, 44-xonadonda yashovchi 93 yoshli Zinaida Kislekovalar holidan xabar olinib, ehtiyojdagi oziq-ovqat mahsulotlari va tabiiy gaz, elektr energiyasi uchun har bir faxriylarning iste’molchi hisob raqamiga tumandagi saxovatpesha homiylarning ko‘magida 500.000 so‘mdan pul mablag‘lari o‘tkazib berildi.

Faxriylarimiz Byuro rahbariyati va xodimlariga ularga ko‘rsatilgan e’tibor va hurmat uchun chuqur minnatdorchilik bildirdilar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urush qatnashchilari va front orti qatnashchilari xolidan xabar olindi