17:28 / 13.05.2020
2 348

Navoiyda maktab direktori pora evaziga ish taklif qilib, o‘zi ishsiz qoldi

Navoiyda maktab direktori pora evaziga ish taklif qilib, o‘zi ishsiz qoldi
Xatirchi tumani “Yangi qurilish” mahallasida istiqomat qilib, tumandagi maktablarning birida o‘qituvchi sifatida faoliyat yurituvchi 1963 y.t A.K. Xatirchi tumani IIBga ariza orqali tumandagi maktablarning birida direktor lavozimida ishlovchi O.U. xizmat mavqeidan foydalanib, A.K.ning turmush o‘rtog‘i A.F.ni o‘zi faoliyat olib borayotgan maktabda kadr-menejment vazifasiga ishga joylashtirishni va’da bergan. Evaziga undan 1200000 so‘m pul mablag‘ini talab qilayotganligini bildirgan.

Ariza yuzasidan Navoiy viloyati IIB JQB, Departamentning tuman bo‘limi hamda DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida, O.U. o‘zining ishxonasida, haqiqatan, A.K.dan 1200000 so‘m pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan O.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jamiyatdagi poraxo‘rlik ta’sis etilgan qonun-qoidalar buzilishining bosh omilidir. Pora barcha dinlarda ta’qiqlangan, barcha mamlakatlarda jinoyat hisoblanadi. Taassufki, ko‘zini hirs pardasi qoplagan, ustoz deya atalmish ulug‘ nomga nomunosib ayrim soha vakillari borki, xalq haqiga xiyonat qilish – ma’naviy halokat ekanligini anglab yetmaydilar. Adolat mezonini buzgan har qanday shaxslarning javobgarlikka tortilishi esa ayni haqiqat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda maktab direktori pora evaziga ish taklif qilib, o‘zi ishsiz qoldi