
Foto: YHXBB
Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida 12 may kuni yuz bergan YTH oqibatida 4 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
Hodisa Qalando‘rman qishlog‘i hududidan o‘tgan ichki 4K-928 avtomobil yo‘lining 3-kilometrida yuz bergan.
1998 yilda tug‘ilgan A.S. Matiz avtomobili tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqargan. Yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan 2016 yilda tug‘ilgan M.J. 2008 yilda tug‘ilgan Z.O‘.ning qo‘lidan chiqib ketib, yo‘lga yugurib chiqqan vaqtda uni Matiz urib yuborgan.
YHXBB tomonidan e’lon qilingan suratlarda Matiz’ning tormoz izi bir necha o‘n metrga cho‘zilib ketganini ko‘rish mumkin.

Foto: YHXBB
4 yoshli M.J. olgan tan jarohatlari og‘irligi sababli shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangibozor tumani IIB Tergov guruhi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar