Hindistonning Toshkentdagi elchisi Santosh Ja dushanba kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga dori vositalarini topshirdi. Bu haqida Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar bermoqda.
Dori vositalari orasida avvalroq O‘zbekiston hukumati so‘ragan gidroksixloroxin hapdorilari ham bor. Elchixonaning qayd etishicha, gidroksixloroxinni xorijga sotish taqiqlangan bo‘lishiga qaramasdan, Hindiston ushbu hapdorilarni katta miqdorda O‘zbekistonga eksport qilishga ruxsat berdi. Bundan tashqari, respublikaga paratsetamol dorilarini muntazam yetkazib berish uchun ushbu hapdori eksportiga qo‘yilgan taqiq ham bekor qilindi.
Hindiston e-ITEC dasturi doirasida O‘zbekiston tibbiy xodimlari malakasini oshirish uchun uchta onlayn kurs darsliklarini ham taklif qildi.
Bundan tashqari, O‘zdekistonga sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisodiy huquq va fuqarolar, ayniqsa ayollar imkoniyatlarini kengaytirish, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlar, ichimlik suvi bilan ta’minlash va kichik yo‘llarni qurish sohalaridagi loyihalarni tezkorlik bilan amalga oshirishni taklif qildi. Bu kabi loyihalar qiymati 30 mln dollargachani tashkil etib, grantlar sifatida ajratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi