2 476
Farg‘onada internet-nashr xodimiga uyushtirilgan hujum yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Avvalroq 13 may kuni soat 19:00 larda «Effect.uz» sayti xodimi G‘iyosbek Eshov Farg‘ona viloyatining Quva tumanida hujumga uchragani haqida xabar berilgan edi. Nashr muxbiri Elyor Tojiboyev hujum Quva tumani hokimligi tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkiligini ma’lum qilgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan to‘rt nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ushlangan.
Qayd etilishicha, internet-nashr xodimi Quva tumanida noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchraganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu voqea yuzasidan Hayot Shamsutdinov avvalroq ham rasmiy munosabat bildirib, mazkur holat nazoratga olinganini ma’lum qilgandi.
«‘Effect.uz’ saytining xodimi Farg‘ona viloyatining Quva tumanida noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchragani holati yuzasidan tuman IIB va prokuraturasi bilan hamkorlikda tergovoldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Tekshirish natijalari haqida qo‘shimcha xabar beriladi», — deyilgandi Hayot Shamsutdinovning xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi