11:32 / 15.05.2020
2 813

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlanganlar yana 7 nafarga ortdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlanganlar yana 7 nafarga ortdi
2020 yil 15 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2652 (+7) nafarni tashkil qilmoqda. 7 nafar yangi kasallanish holatining 3 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 4 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi. Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan 3 nafar fuqaro 9 va 13 may kunlarida Tojikistondan kelgan va karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2136 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 505 nafar bemordan 8 nafari og‘ir ahvolda. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2645 nafarni tashkil qilgan edi.

Hozirgacha 2136 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda. Mamlakatimizda davolanayotgan bemorlardan 11 nafari og‘ir ahvolda. Shuningdek, 11 kishi ushbu xastalikdan vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlanganlar yana 7 nafarga ortdi