12:43 / 15.05.2020
2 535

Sirdaryolik ayol chaqalog‘ini 10 ming 200 AQSH dollariga sotayotganida qo‘lga olindi

Sirdaryolik ayol chaqalog‘ini 10 ming 200 AQSH dollariga sotayotganida qo‘lga olindi
5-may kuni Boyovut tumani, "Laylakko‘l" mahallasida fuqaro E.Sh chaqalog‘ini fuqaro R.Gga 10.200 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida Sirdaryo viloyati IIB T va EQKB hamda Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati yozmoqda.

Voqea joyida gumonlanuvchidan 10.200 AQSH dollari miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holatga ko‘ra fuqaro E.Shning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lib, unga nisbatan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryolik ayol chaqalog‘ini 10 ming 200 AQSH dollariga sotayotganida qo‘lga olindi