
AQSH va Italiya olimlari C vitamini qo‘shilgan maxsus parhez saratonni o‘ldirishi mumkinligini isbotlovchi yangi dalillarni taqdim etdi, deb yozadi «Daryot».
Olimlar taklif etilayotgan davolash tizimiga kam kaloriyali o‘simlikli va vitaminli parhezni asos qilib oldi.
Ochlik hissini uyg‘otuvchi parhez, inson to‘qimalarini organizm haqiqatdan ham och qolgandagidek reaksiya qilishga majburladi.
G‘oya mualliflarining aytishicha, davolashning ikkinchi tarkibiy qismi C vitaminining yuqori dozasi bo‘ldi.
Boshida olimlar davolash ta’sirini navbat bilan tekshirdi. Avval parhez, keyin C vitamini tekshiruvdan o‘tkazildi. Bunday strategiya saraton to‘qimalarining kamayishi va ularni o‘ldirishni oz miqdorda kuchaytirishini ko‘rsatdi.
«Biroq parhez va C vitamin aralashmasi ajoyib natija ko‘rsatdi. U organizmdagi deyarli barcha saraton to‘qimalarini o‘ldirdi», — deyiladi xabarda.
Olimlarning aniqlik kiritishicha, ular KRAS mutatsiyasiga ega saraton to‘qimalarida ijobiy o‘sish dinamikasiga erishgan. KRAS saraton terapiyasida eng murakkab nishon hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar