Avvalambor, Muborak Ramazon oyida mehr-shafqat, saxovat ko‘rsatish, bemor va qariyalarning xolidan xabar olish, insonlarni yarashtirish savobli ishlardan hisoblanadi. Qolaversa, “Xalqaro oila kuni”ga qadar bir qator oilalar yarashtirildi. Byuro organlari tomonidan aliment undiruvi bilan bog‘liq ishlar yuzasidan diniy ulamolar, mahalla faollari va qarindoshlar bilan profilaktik tushuntirishlar natijasida ota-onalar o‘zaro yarashtirildi va baxtli oilalar safi kengaydi.
Jumladan, Byuroning G‘ijduvon tumani bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudining 05.08.2016 yildagi qarzdor V.Abdiyevdan undiruvchi X.Aslanova foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun har oyda ishlab topgan ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi;
- 19.10.2017 yildagi qarzdor O.Tairovdan undiruvchi M.Majidova foydasiga uch nafar farzandining ta’minoti uchun har oyda ishlab topgan ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi;
- 09.09.2019 yildagi qarzdor A.Atoyevdan undiruvchi Z.Nasriddinova qizi foydasiga ikki nafar farzandining ta’minoti uchun har oyda ishlab topgan ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari bo‘yicha taraflarning ixtiyoriy yarashuviga erishildi.
Xuddi shu toifadagi yana 147 ta aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan ham ota-onalarning yarashuviga erishildi.
Byuroning Kogon shahar bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga asosan qarzdor B.Zokirov va undiruvchi M.Xaitova, Vobkent tumani bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga asosan qarzdor F.Karimovdan va undiruvchi M.Sharipova qizi ixtiyoriy yarashuviga erishildi.
Mazkur bo‘limlardagi 152 ta aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasi 1-bandiga asosan tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi