15 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev «Sardoba» suv omboridagi texnogen ofatdan talafot ko‘rgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida bo‘lib, aholi bilan muloqot qildi. Davlat rahbari oqoltinlik nuroniylar, mahalla faollari va xonadon egalari bilan uchrashuvda suv omborining hudud uchun ahamiyati masalasiga to‘xtaldi.
«Albatta, kimdir savol berishi mumkin: shu suv ombori kerakmidi-yo‘qmidi? Bunaqa savollar hozir ham ko‘p.
Nima uchun Sirdaryo va Jizzax viloyatlari rivojlanishda ortda qolgan? Suv bo‘lmagani uchun. Dehqon odam biladi, paxtaga 5-6 marta suv berish kerak. Nimaga boshqa joylarda 40-70 sentner hosil olinardi-yu, bu yerda 15 sentner? Chunki ikki marta ham suv bera olmasdik-da.
Ikkinchidan, biron marta takroriy ekin eka olarmidik? Suv yo‘q edi-ku. Shuning uchun 2010 yil to‘g‘ri xulosa bo‘lgan», – dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev texnogen ofatni tahlil etish uchun Fransiya, Turkiya va Rossiya kabi mamlakatlardan dunyoning yetakchi ekspertlari taklif etilishi va ular voqeaga xolisona baho berishini ma’lum qildi.
Davlat rahbari «Sardoba» suv omborini tiklashda undan kelgusida qanday foydalanilishi va bunday hodisa takrorlanmasligi hisobga olinishini qayd etdi.
«Sirdaryo va Jizzax viloyatlarini rivojlantirish nuqtayi nazaridan – chorvaga ham, ekinlarga ham, parranda, baliqlarga ham suv kerak. Bu to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Lekin shunday talafot bo‘ldi, [endi] kelajakda har bir qilgan ishimizni yanada pishiqroq, puxtaroq, mukammal qilishimiz kerak», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, mazkur suv omborining qurilish ishlari 2010 yilda boshlanib, 2017 yilda yakuniga yetkazilgan edi.
4 kishi halok bo‘lib, bir kishi bedarak yo‘qolishiga sabab bo‘lgan fojia yuzasidan jinoyat ishi ochilgan. Tergov harakatlari DXX organlari tomonidan o‘tkazilmoqda. Hozirga qadar dastlabki gumonlanuvchilar yoki suv omborining buzilgan 6-piket devorini qurgan qurilish tashkiloti nomi ochiqlangani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi