
Bugun koronavirus pandemiyasi qachon mag‘lub bo‘ladi yoki kamaya boshlaydi degan savolga hozircha aniq javob yo‘q. Demak, biz vaziyatning xar qanday kutilmagan rivojiga tayyor turishimiz kerak.
Ammo, bunday vaziyatlarda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda aholi farovonligiga hissa qo‘shish o‘rniga, tadbirkorlikning yashirin va soxta yo‘lini tanlagan kimsalar borki, ular bu harakati bilan nafaqat iqtisodiyotdagi halol raqobat muhitini izdan chiqarish, balki sifatsiz mahsulotlar bilan yurtdoshlarimiz salomatligini ham xavfga qo‘yishmoqda.
Kuni kecha Farg‘ona viloyati bojxonachilari tomonidan chegara xududlarda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shubhali harakatlangan “Kobalt” rusumli avtomashina kuzatuvga olindi.
Mazku avtotransport vositasi Marg‘ilon shahridagi choyxonalardan birining oldida to‘xtab turgan “Damas” va “Kobalt” avtomashinalari yoniga kelib to‘xtagan vaqtida viloyat bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Tezkor tadbir davomida uchala avtotransport vositalarining saloni va bagajida bojxona nazoratini chetlab, aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, qiymati 106,4 mln. so‘mlik 3 turdagi bolalar ozuqalari borligi fosh etildi.
Xo‘sh, bojxona qonunchiligiga rioya qilishni istamagan huquqbuzarlar ushbu mahsulotlarning sifat jihatidan bolalar salomatligi uchun xavfsiz, iste’molga yaroqli ekanligiga kafolat bera oladimi?
Xozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar