23:03 / 16.05.2020
2 413

Bojxonachilar yuk vagonidagi 238 ming dona psixotrop tabletkalarni fosh qilishdi

Bojxonachilar yuk vagonidagi 238 ming dona psixotrop tabletkalarni fosh qilishdi
Barcha davlatlarda chegaralar orqali harakatlanishning tartib qoidalari mavjud va unga rioya qilish qonun bilan tartibga solinadi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona posti orqali yurtimiz hududidan tranzit tarzida o‘tishga mo‘ljallangan yuk poyezdi vagonlarini ko‘zdan kechirish davomida ushbu tartiblar buzilgani fosh etildi.

Viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi, O‘z xavfsizlik guruxi hamda “Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari “Quduqli” temir yo‘l bekatiga kirib kelgan O‘zbekiston hududidan olib o‘tilayotgan temir yo‘l yuk vagonini bojxona nazoratidan o‘tkazishdi.

Natijada yuk vagonlarining birida jami 11 900 qutida 238 000 dona “Sonlayf-Zopiklon 7,5 mg” nomli psixotrop tabletkalar borligi aniqlandi.

Ushbu psixotrop tabletkalarni respublikamiz hududidan tranzit olib o‘tishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 12 noyabrdagi 330-sonli qarori talablari asosida maxsus ruxsatnoma bo‘lgan holdagina ruxsat etiladi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar yuk vagonidagi 238 ming dona psixotrop tabletkalarni fosh qilishdi