
Videolavhadan skrinshot
Toshkentda dahshatli jinoyat fosh etilgani, bir hafta avval o‘g‘irlab ketilgan fuqaroning jasadi bo‘laklanib, hovliga ko‘mib tashlangani aniqlangani xabar qilingandi.
Ushbu mudhish qotillik jinoyati yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan videolavha tayyorlandi.
Ma’lum qilinishicha, jinoiy guruh tomonidan bir fuqaro qiynab, pul talab qilinib, 29.000 AQSH dollari qo‘lga kiritiladi.
Shundan so‘ng sodir etgan jinoyatlarini yashirish maqsadida jinoyatchilar 8 mayga o‘tar kechasi jabrlanuvchi minib kelgan «Lacetti» rusumli avtomashinasi yukxonasiga o‘zini majburan joylab, ikki kun avval ijaraga olgan Yashnobod tumanidagi hovliga olib boradi va shu yerda uni urib, umriga zomin bo‘ladi. So‘ng yollanma ishchilar yordamida mazkur hovlida chuqur qazdirib, marhumning murdasini bo‘laklarga ajratib, ko‘mib yuboradi... “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar