03:43 / 17.05.2020
4 875

"Sardoba fojiasi" yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar berildi

"Sardoba fojiasi" yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar berildi
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Sardoba” suv ombori fojiasi yuzasidan qo‘zg‘atilgan va DXX tomonidan olib borilayotgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki ma’lumotlarni berdi.

Xususan, Hayot Shamsutdinov ushbu savolga quyidagicha javob berdi:​
— Bu savolga tezlikda jalb etilgan ekspertlar guruhi javob izlashyapti. Sudga oid texnikaviy ekspertiza tayinlangan. Yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Tergov ishlari uch oydan oshmagan holda amalga oshirilishi lozim. Zarurat tug‘ilganda 7 oygacha uzaytiriladi. 170 dan oshiq shaxslar so‘roq qilindi.

Aybdorlar aniqlangandan so‘ng, tegishli tartibda ularga ayb e’lon qilinadi va jinoyat ishi sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Odil sudlovni faqat sudlar amalga oshiradi. Bu qonun bilan belgilab berilgan. Aybdor shaxslarning har biriga huquqiy baho beriladi.

Odamlar birpasda o‘zlari aybdorlarni topib, ijtimoiy tarmoqlarda hukm o‘qib yuborishadi. Har bir fuqaroning aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra, huquqi kafolatlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Sardoba fojiasi" yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar berildi