
Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 14 maydagi qarori bilan shaxsiy avtomobillarning harakati bo‘yicha cheklovlarni 2020 yil 18 maydan boshlab bosqichma-bosqich bekor qilish ma’lum qilingandi.
Unga ko‘ra, Toshkentda ertaga, dushanba kunidan boshlab 06:00–22:00 oralig‘ida shaxsiy avtomobillar harakatiga ruxsat beriladi. Sababi ayni paytda poytaxt Toshkent shahrining barcha tumanlari «sariq» toifaga kiritilgan.
«Sariq» toifadagi hududlarda esa soat 06.00dan – 22.00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat beriladi. Bunda avtotransport vositalarining salonida 4 kishidan ortiq bo‘lmasligi lozim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar