
Karantin vaqtida aholiga imkon boricha qo‘shimcha qulaylik yaratish bo‘yicha belgilangan vazifani amalga oshirish hamda ko‘pchilik ota-onalarning iltimoslarini inobatga olib, bu o‘quv yili yakunidagi imtihonlarni bekor qilinadi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov xabar qildi.
"Maktablarga o‘quvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida joriy o‘quv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etiladi. Shu bilan birgalikda kundalik.com tizimi joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirishqoqlik bilan o‘qigan o‘quvchilarimizga rag‘batlantirish sifatida 4-chorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblashda inobatga olish tavsiya etiladi.
Karantin vaqtida «onlayn-maktab» orqali farzandlari bilan birga dars tayyorlagan barcha ota-onalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!" deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar