Foto: IIBB axborot xizmati
Joriy yilning 19 may kuni Sergeli tumanidagi “A.Turbonov” YPX postida 2-batalon YPX inspektori kichik serjant T.Tojiboyev, kinologiya xizmati xodimi safdor R.Xolmurodov va IIBB patrul-post xizmati 5-bataloni safdori Sh.Hoshimovlar xizmat olib borishgan.
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, soat 21:30lar atrofida shaharni tark etayotgan mashinalardan biri – “Nexia” rusumli avtomobil ularning e’tiborini tortgan.
Mashina to‘xtatilganda, haydovchining o‘zini tutishi xodimlarda shubha uyg‘otgan. Bu esa avtomobilni yaxshilab tekshirishga sabab bo‘lgan. Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida avtomobilda sovuq qurol (metall kastet) va to‘pponchaning "pugach" deb ataladigan turi topildi. Bular avtoulov haydovchisi – Shayxontohur tumanida yashovchi 24 yoshli S.A.ga tegishli bo‘lgani aytiladi.
Yuqoridagi faktlar asosida tekshirishuvni davom ettirish va qurollar egasining maqsad va niyatlarini aniqlash uchun S.A. ashyoviy dalillar bilan birga Sergeli tumanidagi 4-son IIBga keltirildi, deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)