Yakunlanib borayotgan muborak Ramazon oyi biz uchun xayrli ishlar, savob amallar, ezgu niyatlar uchun qulay fursat bo‘ldi. Qutlug‘ kunlarda xalqimiz saxovatga shoshildi, xususan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar va faollar ham ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zishda ibrat ko‘rsatmoqdalar.
Har yili bu shukuhli kunlarni masjidlarda jamoat bo‘lib ibodat qilish, yaqinlarimizdan xabar olish, yurtimizdagi xushmanzara va so‘lim go‘shalarda hordiq chiqarish bilan o‘tkazardik. Bu yilgi Ramazon oyida esa pandemik karantin holati davom etmoqda va mavjud tartib-qoidalarga amal qilish o‘ta zarurdir.
“Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida mamlakatimizda 2020 yil 24 may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi. Ramazon hayitini bayram qilish, bu vaqt davomida uyida mehmon kutish va mehmonga borish xalqimizda an’anaga aylangan.
Yurtmizda sinovli kunlar boshlangach, har bir fuqaro karantin qoidalariga amal qilish naqadar dolzarbligini his eta oldi. Ramazon hayiti arafasida o‘zingiz va qarindoshlaringiz sog‘ligiga e’tibor berib, uyda qoling! Bayramni o‘z xonadoningizda, oila davrasida, o‘zaro ahillik va hamjihatlik bilan o‘tkazing. Duolaringizda el-yurt salomatligi, yurtimiz farovonligini yodga oling. Sinovli kunlar yakun topishiga oz qoldi! “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi