Rishton tuman ma’muriy sudida, 2020 yil 17 may kuni huquqbuzar Sh.Mirzayevga nisbatan kuni ma’muriy ish hujjatlari ko‘rib chiqildi. Ish holatlariga ko‘ra, huquqbuzar Sh.Mirzayev sudda, 2020 yil 24 mart kuni soat 17:00 larda Rishton tuman, Jalayer M.F.Y, Mustaqillik ko‘chasida qo‘ni-qo‘shnilari bilan spirtli ichimlik ichib, o‘tirgan vaqtida, onasining qon bosimi oshib ketganligi haqida xabarni eshitib, tez yordamga telefon qilganligini, shifokorlar unga qo‘ng‘iroq qilib, manzilni so‘raganida mast holatda jahl qilib, shifokorlarni haqorat qila boshlaganligini, kurakda turmaydigan so‘zlar bilan so‘kib yuborganligini, birozdan so‘ng tez yordam mashinasi yetib kelganligini, shundan so‘ng ularni, ya’ni tez yordam mashinasini kech yetib kelganlikda ayblab, vrach R.Abduolimova va uning sheriklariga “senlar odam o‘lganidan keyin kelasan ekanda” deb ko‘chada baqir-chaqir qilib, uni va sheriklarini uyatli so‘zlar bilan so‘kkanligini, mahalladagi qo‘shnilarni ham tinchligi buzilganligini aytib ko‘rsatma berdi.
Sud majlisida jabrlanuvchi R.Abduolimova Rishton tuman tibbiyot birlashmasining tez yordam bo‘limida navbatchi vrach bo‘lib ishlab kelishini, 2020 yil 24 mart kuni soat 17-00larda Rishton tuman, Jalayer qishlog‘i, Mustaqillik ko‘chasida yashovchi Mirzayeva Oynisa opadan chaqiruv bo‘lganligini, birozdan keyin chaqiruv bo‘lgan joyga borishganida, ko‘chada Sh.Mirzayev mast holda baqir-chaqir qilib, hech bir sababsiz “senlar vaqtida yetib kelmadilaring” deb uni tinchiligi va osoyishtaligini buzib, uni uyatli so‘zlar bilan so‘kkanligini, keyin turmush o‘rtog‘i Sh.Mirzayevni tinchlantirmoqchi bo‘lganida, Sh.Mirzayev yana baqir-chaqir qilib, uni uyatli so‘zlar bilan so‘kkanligini, aytib ko‘rsatma berdi.
Sud huquqbuzar Sh.Mirzayevga nisbatan nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi bilan 10 (o‘n) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
Rishton tuman ma’muriy sudining raisi X.Xakimov
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Tadqiqot: atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
Rossiya razvedkachilari askarlarni qanday asirga olishdi?
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
O‘zbekistonda birinchi marta suyak infarkti jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi