23:23 / 28.05.2020
2 080

Xonadonda 836 tup og‘u parvarishlagan shaxs qo‘lga olindi

Xonadonda 836 tup og‘u parvarishlagan shaxs qo‘lga olindi
Giyohvandlik moddasini iste’mol qilish inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, uning hayotini izdan chiqarishi va turli jinoyatlar sari yetaklashi ma’lum. Bu borada targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan giyohvand moddalarni yetishtiruvchi, iste’mol qiluvchi hamda noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi “uddaburonlar” hali-hanuz uchrab turibdi. Bu albatta afsuslanarli hol.

Kuni kecha Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida, ushbu tumanning “Qumdaryo” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro B. R. o‘zining yashash xonadoni hovlisida 450x150 sm2 o‘lchamdagi yer maydoniga 836 tup, og‘irligi 9 kilogramm 330 gramm bo‘lgan “Opiyli ko‘knori” giyohvand o‘simligini noqonuniy ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi fosh etildi.

Mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan hozirda bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonadonda 836 tup og‘u parvarishlagan shaxs qo‘lga olindi