O‘zbekistonda 1 iyun, dushanba kunidan boshlab «yashil» va «sariq» toifadagi hududlarda ichki turizm tiklanadi. Bu prezident imzolagan «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonda ko‘zda tutilgan.
Hujjat bilan, Respublika maxsus komissiyasi, jamoat tashkilotlari va turizm sohasi sub’ektlarining:
- belgilangan sanitariya-gigiyena me’yorlari va talablariga qat’iy rioya etgan holda 2020 yilning 1 iyunidan «yashil» va «sariq» toifadagi hududlarda ichki turizmni qayta yo‘lga qo‘yish bilan birgalikda yondosh tashkilotlarning (turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat va madaniy meros ob’ektlari hamda boshqalar) faoliyatini boshlash;
- fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasiga kirishga ruxsat etiladigan mamlakatlar ro‘yxatini belgilab olgan holda tashqi turizmni bosqichma-bosqich qayta tiklashga doir takliflari ma’qullandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 16 martdan boshlab tashqi turistlar uchun yopilgan edi. Shu va keyinchalik kiritilgan qat’iy cheklovlar natijasida 1,5 mingdan ortiq turoperator, 1,2 mingta mehmonxona o‘z faoliyatini to‘xtatdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi