08:24 / 30.05.2020
2 704

Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi 14 yil ijarada yurgan oila xonadonida mehmon bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi 14 yil ijarada yurgan oila xonadonida mehmon bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida barpo etilgan 16 qavatli uyni borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turgan bu imorat zamonaviy standartlar asosida zilzilaga bardoshli qilib qurilgan. Devorlarida energiya tejovchi materiallardan foydalanilgan. Internet tarmog‘i, videokuzatuv va yong‘in xavfsizligi uskunalari bilan jihozlangan. Uy 2-3 xonali 80 ta xonadondan iborat. Kvartiralar kam ta’minlangan va muhtoj oilalarga topshirilgan.

Prezident shu uydagi Sharofiddin va Shahnoza Jo‘raboyevlar xonadonida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi. Bu oila 14 yildan beri ijarada yashab kelayotgan edi.

Xabarda, shuningdek, oxirgi uch yilda Sergeli tumanida jami 19 ming 522 xonadonli 460 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilgani, 26 ta namunaviy tipdagi mahalla guzarlari bunyod etilgani, bolalar bog‘chalari, maktablar, poliklinika va boshqa ob’ektlar qurish ishlari davom etayotgani qayd qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi 14 yil ijarada yurgan oila xonadonida mehmon bo‘ldi