08:43 / 30.05.2020
2 706

Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi mavze o‘rnida yangi tuman tashkil etishni taklif qildi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi mavze o‘rnida yangi tuman tashkil etishni taklif qildi (foto)
Shavkat Mirziyoyev 29 may, juma kuni Sergeli tumanidagi yangi ob’ektlarni ko‘zdan kechirish vaqtida oxirgi 3 yilda tumanda 19 ming 522 xonadonga mo‘ljallangan 460 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilgani, 26 ta namunaviy tipdagi mahalla guzarlari barpo etilgani, bu yerga 100 mingdan ziyod aholi ko‘chib kelib, jami aholi 276 ming nafardan oshganini inobatga olib Toshkent shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida Yangi hayot kichik tumanini tashkil etish taklifini bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkentda aholiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini vositachilarsiz, arzon narxda yetkazib berish maqsadida birinchi bosqichda dehqon bozorlarida 256 ta maxsus rasta tashkil etilgan. Ikkinchi bosqichga muvofiq, shahar bo‘ylab 514 mahallada 2316 ta ko‘chma savdo yarmarkasi hamda 634 turg‘un savdo do‘koni tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Sergeli tumaniga Qashqadaryo viloyati biriktirilib, viloyat fermerlari o‘z mahsulotini olib kelib sotadigan savdo joyi ochilgan. Prezident «Tashabbus» mahallasi hududidagi ana shunday savdo shoxobchasini ko‘zdan kechirdi.

«Fermerlarning mahsulot olib kelishiga yordam berib, emin-erkin sotishiga sharoit yaratilsa, Toshkentda oziq-ovqat mahsulotlari narxini 15-20 foiz tushirish mumkin. Mahsulotlar arzon va sifatliligi xalqimizga, doimiy mijozlar borligi dehqonlarga ham qulay bo‘ladi. Endi boshqa tumanlarga ham muayyan viloyatlarni biriktirib, mahallalarda shunday ixcham, sovutgichli shoxobchalarni tashkil etish zarur», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Sergeli 5A mavzesidagi Madena Collection mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan ham tanishgan. Ushbu tikuvchilik korxonasida tibbiyot xodimlari uchun yiliga 150 ming dona maxsus kiyim ishlab chiqarilmoqda. Korxonada shu atrofda yashovchi 100 nafar xotin-qiz ish bilan band qilingan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev ishchi ayollar bilan suhbatlashib, ularning oilaviy va mehnat sharoitlari bilan qiziqdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi mavze o‘rnida yangi tuman tashkil etishni taklif qildi (foto)