Ayni vaqtda respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Xorazm viloyatida ham huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan “Qoradori - 2020” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi hamda Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Xorazm viloyati Gurlan tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori - 2020” keng qamrovli tezkor tadbiri davomida Gurlan tumani Sholikor qishlog‘idan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida to‘xtab turgan “Lasetti” rusumli avtomashina xolislar va xizmat iti yordamida ko‘zdan kechirilganida, avtomobilning old o‘rindig‘i ostidan 997 gr. “opiy” giyohvandlik vositasi topildi va u mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan I.M.ga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagi holat bo‘yicha viloyat bojxonachilari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir davom ettirildi.
Natijada, Tuproqal’a tumanida “Toshkent-Urganch” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan “ISUZU” rusumli, yuk avtomashinasida yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro C.Sh yonlari ko‘zdan kechirilganida, 1 dona oq rangli selofan paketga o‘ralgan, o‘ziga xos o‘tkir hidli, jami og‘irligi 185,49 gramm “Opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi