15:00 / 30.05.2020
2 166

Nurafshon shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalari va vertual kassa tizimining qo‘llanilishi

Nurafshon shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalari va vertual kassa tizimining qo‘llanilishi
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 6 sentabrdagi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi va uning hududiy inspeksiyalarida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Nurafshon shahar davlat soliq inspeksiyasining ma’luotlariga ko‘ra, mazkur farmon bilan alkogol va tamaki mahsulotlari, dori vositalari, benzin, dizel va gaz yoqilg‘isi savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari 2020 yil 1-yanvardan, shuningdek, o‘tgan yil yakuni bo‘yicha sohlar kesimi bo‘yicha yillik tushumi 5 milliard so‘mdan oshgan va qolgan barcha tadbirkorlik sub’ektlari 2022 yil 1 yanvardan onlayn nazorat-kassa mashinasi yoki virtual kassa bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, joriy yil 1 yanvardan boshlab Nurafshon shahridagi mavjud naqd pul tushimiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish tartibiga o‘tishi lozim. Hozir esa 45 ta sub’ekt, jumladan 20 ta dori vositalari sotish bilan shug‘ullanuvchi apteka, 5 ta avtotransport vositalariga yoqilg‘i quyish shahobcha, 9 ta alkogol vositalari sotish bilan shug‘ullanuvchi hamda 11 ta boshqa savdo turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ekti onlayn nazorat-kassa mashinasidan foydalanmoqda.


Pandemiya paytida mamlakatimizda joriy etilgan karantin holati to‘xtatilganidan so‘ng, Toshkent viloyati davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish tartibiga o‘tishning afzalliklari bo‘yicha profilaktik targ‘ibot ishlari olib borilishi davom ettiriladi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurafshon shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalari va vertual kassa tizimining qo‘llanilishi