O‘zbekistonda 30 may, shanba kuni 2646 kishi karantinga olindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev ma’lum qildi.
Ma’lum qilishlaricha, 30 may kuni O‘zbekiston bo‘yicha 1379 nafar fuqaro uy karantiniga olingan, ayni vaqtda 698 nafar fuqaro uy karantinidan chiqarilgan.
«Statsionar karantinga esa 1267 nafar fuqaro olingan bo‘lib, 1479 nafar fuqaro o‘z uyiga kuzatildi», — deyiladi SSV matbuot kotibi e’lon qilgan axborotda.
Avvalroq O‘zbekistonda 30 may kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 58 ta holat qayd etilgani, ularning 21 tasi aholi orasida aniqlangani ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, 30 may soat 23:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari soni jami 3546 taga yetgan, bemorlarning 2783 nafari (78 foizi) sog‘ayib bo‘lgan, 749 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda, 14 nafari vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi