date
views 3 222

Buxoroda yangi holatlar qayd etildi, Toshkentda yana uch bemor reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazildi

Buxoroda yangi holatlar qayd etildi, Toshkentda yana uch bemor reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 8 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 31 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3554 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 3 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari Toshkent shahrida karantinda bo‘lgan fuqaroda, 4 nafari esa Buxoro viloyatida aniqlangan bo‘lib, shundan 3 nafari Shofirkon tumanida koronavirus aniqlangan haydovchi bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar, yana 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi
», deyiladi vazirlik xabarida.

So‘nggi soatlarda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 3 nafar bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilganligi uchun reanimatsiya bo‘limiga olingan.

30 may kuni jami 58ta yangi zararlanish holati qayd etildi (shundan 21 holat aholi orasida), shuningdek, 55 kishi kasallikdan tuzaldi va O‘zbekiston bo‘ylab shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2728 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirda mamlakatda 757 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 9 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda yangi holatlar qayd etildi, Toshkentda yana uch bemor reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazildi