Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan biri o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgani to‘g‘risida ma’lum qildi. Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 15 nafarga yetdi.
«1957 yilda tug‘ilgan poytaxtlik X.da shu yilning 30 may kuni Covid-19 aniqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi. 63 yoshli (ayol) bemor shu yilning yanvar oyida bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) tashxisi bilan davolangan.
Bemorning davolanishi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib turilgan. Biroq nevropatolog, kardiolog, virusolog, pulmonolog, reanimatologlarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekistonda koronavirus bemorlari o‘limi bilan bog‘liq holat oxirgi marta 26 may kuni Samarqandda qayd etilgandi.
Shu vaqtgacha Toshkentda 6, Namanganda 4, Samarqandda 2, Farg‘ona va Surxondaryoda bittadan o‘lim ro‘y bergandi.
31 may kuni soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlanish bilan bog‘liq 3583ta holat aniqlangan, bemorlarning 2837 nafari sog‘aygan. Shifoxonalarda 731 bemor davolanmoqda, ulardan 9 nafari og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi