Majburiy ijro byurosining Olot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Olot tumani “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘ini “Bayot” qishlog‘ida yashovchi X.Shukrullayev xonadonida elektr hisoblagichni chetlab o‘tib, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashirincha ravishda ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi natijasida ta’minotchi korxona manfaatlariga 36 mln. 383,9 ming so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Yashirin ulanmaga elektr tarmog‘iga un ishlab chiqarish uskunasi (tegirmon)lariga tegishli 2 dona 3 kVt.li, 1 dona 4 kVt.li, 1 dona 1,1 kVt.li hamda 2 dona 11 kVt.li elektr dvigatellarni, 2 dona 0,54 kVt.li muzlatgich, 1 dona 1,5 kVt.li elektr duxovka, 1 dona 1 kVt.li elektr choynak, 1 dona 1,1 kVt.li konditsioner va boshqa elektr jihozlari ulab foydalanganligi aniqlangan.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida X.Shukrullayevga qonun talabi tushuntirilib, yetkazilgan 36,3 mln. so‘mlik zarar ixtiyoriy qoplanganligi munosabati bilan to‘plangan hujjatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JPKning tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi