18:00 / 02.06.2020
3 526

126 mln. so‘m miqdorida aliment pullari undirildi

126 mln. so‘m miqdorida aliment pullari undirildi
Oila muqaddas. Farzandlar tug‘ilishi bilan oila yanada mustahkamlanadi. Ota-onalar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklanadi. Chunki har bir ota-ona o‘z farzandiga yaxshi tarbiyadan boshqa hech nima bera olmaydi. Albatta yurtimizda ajrimlar kamayishi, ajrimlarning oldini olishinida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Xususan, Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan oilalarning tiklanishiga ham imkon qadar harakat qilinmoqda.

Bundan tashqari tiklashni imkoni bo‘lmagan oilalarning qarzdor tomonidan aliment pullari o‘z vaqtida undirilishi ham e’tiborda. Bugungi kunga qadar hududiy tuman bo‘limlari tomonidan o‘z vaqtida voyaga yetmagan farzandlar uchun aliment pullari to‘lanishida davlat ijrochilari jonbozlik ko‘rsatishmoqda. Jumladan MIB Yashnobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi Sh.Sharofutdinovning sa’y-harakatlari bilan yana bir voyaga yetmagan farzand uchun aliment pullari voyaga yetguniga qadar undirib berdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining 15.07.2016 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor M.Abdullayevdan undiruvchi F.Abdullayeva foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi ta’minoti uchun ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro ishi davlat ijrochisi Sh.Sharofutdinov ish yurituviga berilgan bo‘lib ijro ishi Qonunning 23-moddasiga asosan 17896/10-sonli ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari qolaversa targ‘ibot ishlari natijasida tomonlar kelishib, farzandi voyaga yetguniga qadar 126 mln. so‘mdan ortiq aliment pullari undiruvchi foydasiga naqd ko‘rinishda undirib berildi.

Yuqoridagilarga ko‘ra ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 126 mln. so‘m miqdorida aliment pullari undirildi