Andijondagi bozorlardan birida fuqaro N.N. 5 dona seriya va raqamlari bir xil bo‘lgan 100 ming so‘mlik kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan. Ammo sotuvchi pulning haqiqiyligiga shubha qilgan.
Pullar qalbaki ekanligi shubhaga olinib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulug‘nor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonidagi ekspertiza natijalari esa bu pullar nusxa ko‘chirish yo‘li bilan rangli printerda chop etilganligi aniqlangan.
Fuqaro N.N. qalbaki pullarni bozorda notanish ayoldan o‘zidagi mayda pullarni yirik kupyuraga aylantirgan vaqtida olganligini bildirgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, qalbaki pul yasash qonunga zid bo‘lib, Jinoyat kodeksining 176-moddasiga muvofiq, «Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish» ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Jinoiy harakat toifasiga qarab jazo og‘irlashib borishi, ozodlikdan mahrum qilish o‘n besh yilgacha bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar