14 kunlik karantindan keyin «O‘rikzor» savdo majmuasi qayta ochildi. Qurilish materiallari bozori «Stroygorod» majmuasi bundan mustasno.
Bugun, 4 iyun kuni «O‘rikzor» savdo majmuasi qayta ochildi. Faqat qurilish materiallari bozori «Stroygorod» majmuasi bundan mustasno. Bu haqda Uchtepa tuman xokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
So‘nggi bir necha kun davomida Uchtepa tuman xokimiyati tomonidan «O‘rikzor» savdo majmuasining qayta ishga tushishi bo‘yicha xavfsizlik choralari ko‘rilgan.
Ma’lum qilinishicha, bozorga kirishda 3ta dezinfeksiya tunneli o‘rnatilgan, teplovizorlar mavjud, ijtimoiy masofa saqlash talabi qo‘yilgan, yuk avtomobillari uchun maxsus joylar hozirlangan, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasi to‘siq bilan ajratilgan, bozor hududiga eslatmalar tarqatilgan.
Eslatib o‘tamiz, «O‘rikzor» savdo majmuasi hududidagi sotuvchilardan birida 23 may kuni koronavirus aniqlangan va bozor vaqtincha yopilgandi.
Keyinroq, 1 iyun kuni bozor sotuvchilaridan yana biriga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi