2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qilinishicha, joriy yilda istisno ravishda 3ta majburiy fanlardan (ona tili, O‘zbekiston tarixi va matematika) test bo‘lmaydi. Faqat 2ta mutaxassislik fanidan test olinadi.
Bu holatda ballar quyidagicha belgilanadi:
1-blok - 30ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin;
2-blok - 30ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.
Joriy yil test sinovlarida xuddi o‘tgan yilgidek maksimal 189 ball to‘plash mumkin.
Test savollarini ishlash va javoblarni belgilash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda bu yil kirish imtihonlarini soddaroq shaklda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”